Hujjatlarga

Yangi bemor qo'shish

Bemorni ro'yxatga olish, tibbiy karta yaratish, va tashxis qo'shish.

Qayerda: /patients/new

Sidebar'da «Bemorlar»«+ Yangi bemor» yoki to'g'ridan-to'g'ri /patients/new sahifasiga kiring.

Forma maydonlari

Asosiy ma'lumotlar

  • Ism, Familiya — to'liq ism
  • Tug'ilgan sana — yosh avtomatik hisoblanadi
  • Jinsi — erkak / ayol
  • Telefon — bemorning yoki ota-onasining
  • Manzil — ixtiyoriy

Tibbiy ma'lumotlar

  • Qon guruhi — A+, A-, B+, B-, AB+, AB-, O+, O-
  • Allergiya — dori, ovqat yoki boshqa allergenlar
  • Surunkali kasalliklar — diabet, gipertoniya, va h.k.
  • Izohlar — qo'shimcha tibbiy yoki shaxsiy eslatmalar

Bemor tafsilotlari

Bemorni qo'shgandan keyin /patients sahifasida uning kartasini oching:

  • Shaxsiy ma'lumotlar va tibbiy karta
  • Oldingi va kelajak qabullar
  • To'lovlar tarixi (qarzdorlik)
  • Qo'shimcha maydonlar (Custom Fields) — klinikangizga xos

Qabul yaratish

Bemorning sahifasida "+ Yangi qabul" tugmasi orqali qabul yarating, yoki /appointments/new sahifasida umumiy qabul yarating.